Urushdan qochgan rossiyaliklar O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziyaga kelganida o‘g‘irlanib, Rossiyaga qaytarilmoqda — “Meduza”

Urushdan qochgan rossiyaliklar O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziyaga kelgach, o‘g‘irlanib, Rossiyaga qaytarilmoqda — “Meduza”
Rossiyada urush sababli harbiy safarbarlik e’lon qilingach, ko‘plab rossiyaliklar mamlakatni tark etdi. Biroq bu qadam ularni Rossiya maxsus xizmatlarining ta’qibidan to‘liq himoya qila olmadi.
Bir qator davlatlar Rossiya huquq-tartibot idoralari so‘roviga asosan yoki turli bahonalar bilan ularni deportatsiya qildi. “Meduza” nashri rossiyaliklar o‘zlari panoh topgan mamlakatlardan o‘g‘irlab ketilayotgani va Rossiyaga majburiy olib kelinib, sud qilinayotgani haqida ma’lumotlar keltirdi. Quyida ularning ayrimlari keltirilgan:
O‘zbekiston
Georgiy Pirogov
U 2024-yil iyul oyida safarbarlik boshlanganidan so‘ng Rossiyadan Gruziyaga ko‘chib kelgan. Pirogov xizmat safari bilan O‘zbekistonga borgan va shundan so‘ng u bilan aloqa uzilgan. Keyinchalik uning yaqinlari Pirogov Moskvadagi “Matrosskaya tishina” tergov izolyatorida ekanini aniqlagan. 2026-yil 12-iyulda Pirogov “davlatga xiyonat” ayblovi bilan 23 yilga qamalgani ma’lum bo‘ldi. U qanday qilib Rossiyaga kelib qolganligi noma’lum. Pirogovning yaqinlari u O‘zbekistonda o‘g‘irlab ketilib, Rossiyaga zo‘rlik bilan olib ketilganiga ishonadi.
Qozog‘iston
Komil Qosimov
U 2024-yil aprel oyida Buryatiya jinoiy qidiruv xodimlari tomonidan Qozog‘istonda o‘g‘irlab ketilgan. Qosimov Rossiyada dezertirlikda ayblanayotgan edi. U Rossiya armiyasida xizmat qilgan va Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan. Ammo 2023-yil may oyida ta’tildan so‘ng harbiy qismga qaytmaslikka qaror qilib, Qozog‘istonga ketgan va u yerda yashash guvohnomasini (VNJ) olib, ishga joylashgan. Biroq rossiyalik tezkor xodimlar Qosimovni Ostana shahridagi ish joyida qo‘lga olib, fuqarolik avtomobilida Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyati orqali Rossiyaga olib ketgan. “Mediazona” nashrining yozishicha, Priozersk shahar sudi qarorida Qosimov go‘yoki mamlakatdan chiqarib yuborilishini o‘zi so‘ragani da’vo qilingan. Rossiyaga olib kelingan Qosimov Omsk shahriga yetkazilgan. 2025-yil avgust oyida Omskdagi harbiy sud uni harbiy holat davrida dezertirlik qilganlikda ayblab, 6 yillik qattiq tartibdagi qamoq jazosiga hukm qilgan.
Qirg‘iziston
Lev Skoryakin
2023-yil oktyabr oyida Qirg‘izistonda “Leviy blok” (“So‘l blok”) faoli Lev Skoryakin bedarak yo‘qolgan edi. U 2021-yil dekabr oyida Rossiyada Federal xavfsizlik xizmati binosi yaqinidagi aksiya ishi bo‘yicha bezorilikda ayblangan, Skoryakinning o‘zi bunga aloqador emasligini ta’kidlagan. Skoryakinning safdoshlariga ko‘ra, 17-oktyabrga o‘tar kechasi uning Bishkekdagi boshpanasiga ikkita mashinada o‘n kishi kelgan. Ular o‘zlarini mahalliy jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari deb tanishtirib, Skoryakinni noma’lum tomonga olib ketgan. Ikki kundan so‘ng u Moskvadagi “Butirka” 2-sonli tergov izolyatoridan topilgan. Moskvadagi suddan so‘ng Skoryakin Germaniyaga ketishga muvaffaq bo‘lgan va u yerda siyosiy boshpana olgan.
Aleksey Rojkov
202

