Layfstayl

Instagram: Zarina Nizomiddinova imijini o‘zgartirdi, Gulruh Pirnazarova uyli bo‘ldi, Sitora Farmonova nega erini ko‘rsatmaydi?

Instagram: Zarina Nizomiddinova yangi qiyofada, Gulruh Pirnazarova uy sohibasi bo‘ldi, Sitora Farmonova turmush o‘rtog‘ini nega yashiradi?

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida e’lon qilingan eng qiziqarli fotosuratlar va videolar to‘plamini taqdim etamiz.

Aktrisa Nigina Jabborova o‘z obunachilarini ertaklar olamiga olib kirdi. U Germaniya janubidagi Alp tog‘lari bag‘rida joylashgan, Disney multfilmlarining bosh qasriga ilhom bergan mashhur Noyshvanshtayn qasri yonida tushgan suratini baham ko‘rdi.

Foto: Instagram

Taniqli aktrisa Sitora Farmonova turmush o‘rtog‘ini jamoatchilikka ko‘rsatmasligining sababini oshkor qildi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, uning umr yo‘ldoshi shou-biznes vakili emas va ommaga ko‘rinishni istamaydi. Sitora Farmonova Instagram storisida har bir insonning shaxsiy chegaralari borligini va turmush o‘rtog‘ining bu qarorini hurmat qilishini yozdi.

Foto: Instagram

Vayner Komila Lolo onasi va qaynonasi bilan birga tushgan suratlarini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Teatr va kino aktrisasi Yulduz Rajabova navbatdagi fotosessiyasidan yangi suratlarni ulashdi.

Foto: Instagram

Xonanda Yulduz Turdiyeva va boshlovchi Shahlo Zoirova yoz oqshomida uchrashishdi. Ikki ijodkor uchrashuvdan olingan suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Zarina Nizomiddinova kuzatuvchilariga yangicha imijda ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Zuhra Soliyeva o‘zining yangi va arxiv suratlari bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Iste’dodli aktrisa Gulruh Pirnazarova uy sohibasi bo‘ldi. Bu haqda u storisiga joylagan surati orqali ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Xonanda Ozoda Nursaidova singlisi va jiyani hamrohligida Fransiya sayohatiga jo‘nab ketishdi.

Foto: Instagram

sitora farmonovainstagram updatesuzbek celebritiesentertainment newszarina nizomiddinovagulruh pirnazarovacelebrity lifestylesocial media news