Instagram: O‘g‘lini uylantirgan Rayhon Ulasenova, nikohining 15 yilligini nishonlagan turk aktyorlari va Kamelot qasriga sayohat qilgan Zebo Rahimova

Instagram: Rayhon Ulasenova o‘g‘lini uylantirdi, turk aktyorlari nikohining 15 yilligini nishonladi, Zebo Rahimova Kamelot qasriga sayohat qildi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalarida e’lon qilingan eng qiziqarli surat va videolar bilan tanishing.
Aktrisa va bloger Feruza Normatova o‘ychan holatdagi suratini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Foto: Instagram
Aktrisa Yulduz Rajabova yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Foto: Instagram
Mashhur turk kinosi yulduzlari Halit Ergench va Berguzar Korel turmush qurganlarining 15 yilligini nishonladilar.
Foto: Instagram
Fransiyadagi ertaknamo Pyerfon saroyi ko‘plab kinoijodkorlarni o‘ziga jalb etadi. "Merlin" serialidagi afsonaviy Kamelot qasri aynan shu yerda suratga olingan. Vayner Zebo Rahimova ushbu sehrli manzilga sayohat qildi.
Taniqli xonandalar Otabek Madrahimov va Tohir Saidov esdalik suratiga tushishdi.
Foto: Instagram
"Ummon" guruhi xonandasi Zohid Rixsiyev oilasi bilan Tailandda dam olmoqda.
Foto: Instagram
Taniqli aktrisa Rayhon Ulasenova xonadonida quvonchli kun. Kecha, 7-avgust kuni u katta o‘g‘lini uylantirdi. Poytaxtdagi restoranlardan birida o‘tkazilgan tantanada ko‘plab san’atkorlar mehmon bo‘lib, yoshlarga baxt tilashdi.
Xonanda Umidaxon xonandalar Ziyoda, Dilso‘z hamda aktrisa Shahlo Zoirova bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Foto: Instagram

