Instagram: Mish-mishlarga javob qaytargan aktyor, san’atga qaytgan Shahzoda, yo‘lga asfalt yotqizgan Jahongir Otajonov

Instagram: Mish-mishlarga javob qaytargan aktyor, san’atga qaytgan Shahzoda, yo‘lga asfalt yotqizgan Jahongir Otajonov
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Taniqli raqqosa Shodiyora Omonova qizalog‘i hamrohligida barchaga xayrli kun tilab, yangi kunni boshladi.
Foto: Instagram
Xonanda Munisa Rizayeva tinchlik va xotirjamlikni eng katta ne’mat deya ta’riflab, sahifasiga yangi post joyladi.
Foto: Instagram
Taniqli xonanda Mashhur Muhammad qizalog‘ini tug‘ilgan kuni bilan qutlab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
Foto: Instagram
“Agar hayot sizga kulib boqishini istasangiz, siz ham unga kulib boqing”. Aktrisa Gulruh Pirnazarova mana shu so‘zlar bilan kuzatuvchilarini atrofga yaxshi kayfiyat hadya qilishga chorladi.
Foto: Instagram
“Setora” guruhi xonandasi Komila Xo‘jayeva ayni vaqtda Avstriyaning diqqatga sazovor joylarida hordiq chiqarmoqda.
Foto: Instagram
Teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Matyoqub Matchonov ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining vafot etgani haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirib, sog‘-salomat ekanini maʼlum qildi. Shuningdek, aktyor bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatayotganlarni insofga chaqirdi.
Taniqli teatr va kino aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva Marg‘ilondan milliy liboslar aks etgan yangi fotosuratlarini storisiga joyladi.
Foto: Instagram
Aktrisa Dilbar Zokirova qaynonasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Zokirovani tavallud ayyomi munosabati bilan tabrikladi.
Foto: Instagram
Taniqli xonanda Jahongir Otajonov tarmoq kuzatuvchilariga xush kayfiyat ulashishning o‘ziga xos yo‘lini topdi. San’atkor sahifasiga asfalt yotqizish jarayonida faol ishtirok etayotgani aks etgan videoni joylab, o‘zining har doimgidek samimiy va kutilmagan qirralarini namoyon etdi.
“Va’da qilganimdek, sizlar va o‘zim uchun aytgan sovg‘am tayyor. Yaqin orada yangi taronam tayyor bo‘ladi”, deya ma’lum qildi xonanda Shahzoda. Olti yillik tanaffusdan so‘ng ijodga qaytayotgan xonanda va’da qilgan “Восхищайся — жизнь одна” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini muxlislar e’tiboriga havola etmoqda.
Foto: Instagram

