Ingliz tili Toshkent xalqaro moliya markazining rasmiy tili bo‘ladi
O‘zbekistonda «Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, markaz alohida belgilangan hududda maxsus huquqiy rejim asosida faoliyat yuritadi. Qonunda qayd etilishicha, moliya markazining dastlabki chegaralari uni tashkil etishga oid Prezident farmoni bilan belgilanadi. Markaz tomonidan qabul qilinadigan har bir qaror esa...

Ingliz tili Toshkent xalqaro moliya markazining rasmiy tili sifatida belgilandi. O‘zbekistonda «Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Ushbu hujjatga ko‘ra, markaz maxsus huquqiy rejim asosida alohida belgilangan hududda faoliyat yuritadi.
Qonunda moliya markazining dastlabki chegaralari Prezident farmoni bilan belgilanadi. Markaz tomonidan qabul qilingan har bir qaror kuchga kirishidan oldin rasmiy reyestrda e’lon qilinishi shart.
Bundan tashqari, qonun talablari yoki moliya markazi qarorlariga zid ravishda tijorat yoki moliyaviy faoliyat yuritgan ishtirokchilarga katta miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilangan. Jarima 10 million AQSh dollaridan yoki qoidabuzarlikka sabab bo‘lgan bitim yoki faoliyat qiymatining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq, moliya markazi tuzilmasiga Kengash, Ma’muriyat, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi va Toshkent xalqaro tijorat sudi kiradi.
Markazning har bir organi moliya yili yakunlanganidan so‘ng to‘rt oy ichida yillik shaffoflik hisobotini e’lon qilishi shart.
Qonunga muvofiq, ingliz tili Toshkent xalqaro moliya markazining rasmiy tili sifatida belgilandi.
Konstitutsiyaviy qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Toshkent xalqaro moliya markazida ishlovchi chet elliklarga 5 yillik viza beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!
Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?
Manba: Mirziyoyev Qatardagi ta’ziya marosimida ishtirok etishi mumkin.
Ikki kichik sayyora – asteroidlarga o‘zbekistonlik olimlar nomi berildi.
«Boyo‘g‘li»lar chindan ham xavf ostidami?
Fransiyada ko‘pchilik qo‘rqqan hodisa ro‘y berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova lavozimini tark etgan – manba.
Toshkentda ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya harbiysi halok bo‘ldi.
Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar.
Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Baxtiyor Sheraliyev biolog-ixtiolog / genetik.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30. Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected]. Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalanish shartlari»ga amal qilinishi shart. Barcha huquqlar O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi hamda mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda himoyalangan.
Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER bosish orqali bizga xabar bering.
Eski brauzerlar uchun saytning yengil talqini. Ishlab chiquvchi ActiveMedia Solutions.

