Toshkentda jazirama tufayli ko‘chalar va daraxtlarni sug‘orish boshlandi
Toshkentda jazirama issiq sababli markaziy va asosiy ko‘chalarga suv sepish boshlandi. Shuningdek, gazonlar va daraxtlarni sug‘orish ishlari kuchaytirildi, favvoralar esa uzluksiz ish rejimiga o‘tkazildi. Ushbu chora-tadbirlar havo harorati barqarorlashgungacha davom etadi.
Toshkentda jazirama sababli ko‘chalar va daraxtlarni sug‘orish jarayoni boshlandi. Poytaxt hokimiyati matbuot xizmati ma'lum qilishicha, jazirama issiqning kuchayishi munosabati bilan markaziy va asosiy ko‘chalarga suv sepish uchun maxsus texnikalar jalb etilgan.
Ishlar har kuni belgilangan grafik asosida amalga oshirilmoqda va havo harorati barqarorlashgunga qadar davom etadi. Shuningdek, gazonlar, daraxtlar va boshqa yashil hududlarni sug‘orish ishlari ham kuchaytirilgan, deb ta'kidlagan hokimiyat.
“Bundan tashqari, shahar favvoralarining uzluksiz ishlashi ta'minlangan. Bu issiq kunlarda poytaxt aholisi va mehmonlari uchun yanada salqin va qulay muhit yaratishga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.
Sahifada xato topdingizmi? Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Saytdagi xabarlardan foydalanish uchun «Gazeta»ning yozma roziligi olinishi shart.
Elektron OAV guvohnomasi: №209073. Berilgan sanasi: 2024-yil 19-yanvar.
Muassis: «Gazeta News» MChJ.
Bosh muharrir: Umarov Davlat Sulaymonovich.
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26A.
Elektron manzil: [email protected].
Rahmat. Sizning xatingizni oldik va yaqin vaqt ichida kamchilikni to‘g‘irlaymiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting.

