Sport

Infantinoning o‘rniga kim keladi? FIFA prezidentligi uchun besh asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

Marca sport nashri nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi

**Infantinoning vorisi kim bo‘ladi? FIFA prezidentligi uchun beshta asosiy nomzod aniqlandi**

Ispaniyaning nufuzli sport nashri Marca, Janni Infantino o‘rniga FIFA prezidenti lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan beshta asosiy nomzod ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatda quyidagilar qayd etilgan:

Nashrning ta’kidlashicha, Viktor Montalyani eng kuchli nomzod hisoblanadi. U FIFA kengashi vitse-prezidenti sifatida tashkilotning ichki jarayonlarini mukammal biladi.

Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning oxirgi muddati 2026-yil 18-noyabr etib belgilangan. Nomzod faqat milliy futbol assotsiatsiyasi tomonidan ilgari surilishi mumkin va kamida beshta milliy federatsiyaning qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lishi shart.

FIFA prezidenti saylovi 2027-yil 18-mart kuni Marokash poytaxti Rabot shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, UEFA FIFA rahbari Janni Infantinoga nisbatan ishonchsizlik bildirilganini rasman ma’lum qilgan edi. Bunga Infantinoning jahon chempionatlarining tijorat huquqlarini sotish rejasi sabab bo‘lgan. Ushbu tashabbus yetakchi futbol konfederatsiyalari tomonidan qat’iyan rad etilgan.

futbolfifajanni infantinouefanomzodlarmarokashprezident sayloviviktor montalyani