Mahalliy

Gaz yetib bormagan hududlarda elektr uchun imtiyozli tarif joriy qilinishi mumkin

27-iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mas’ullarga tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan mahallalardagi isitish tizimini elektrga o‘tkazish uchun qancha infratuzilma va qo‘shimcha elektr energiyasi talab etilishini hisob-kitob qilish topshirig‘i berilgandi.

Gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan hududlarda elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar joriy etilishi koʻrib chiqilmoqda.

Energetika vaziri Sherzod Xoʻjayevning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunda qariyb ikki mingta mahallaga tabiiy gaz yetib bormagan. Prezidentning koʻrsatmasiga binoan, endilikda hududlarning oʻziga xos xususiyatlari va energiya resurslari bilan taʼminlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda shaxsiy tariflash tizimi joriy etiladi.

"Tabiiy gaz yetib bormagan joylarda, elektr energiyasidan isitish maqsadida foydalanilganda, isteʼmolchilar chegirma olish huquqiga ega boʻlishi kerak", — dedi energetika vaziri.

Eslatib oʻtamiz, 27-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilgʻi-energetika sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida mutasaddilarga tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan 1 916 ta mahalladagi isitish tizimini elektrga oʻtkazish uchun qancha infratuzilma va qoʻshimcha elektr energiyasi talab etilishini uch oy muddatda hisoblab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.

uzbekistannatural gaselectricitysubsidiesenergy policyenergy tariffsremote areasheating