FIFA 2025-yilgi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati pullarini hali ham to‘lab bermagan — Daily Express

FIFA 2025-yilgi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati uchun va'da qilingan mablag'larni hanuzgacha to'lamagan — Daily Express
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) 2025-yilgi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanma ololmagan jamoalarga ajratilgan 250 million dollarlik birdamlik to'lovlarini hozirgacha amalga oshirmadi. Bu haqda Daily Express nashri xabar berdi.
Manbaning ta'kidlashicha, ushbu mablag'lar musobaqadan tushgan daromadlarni futbol piramidasi bo'ylab taqsimlash, shu orqali turnir ishtirokchilari va boshqa klublar o'rtasidagi farqni kamaytirish maqsadida ajratilgan edi. Dastlabki rejalarga ko'ra, har bir yuqori divizion klubi 50 000 funt sterling (67 500 dollar) miqdorida mablag' olishi kerak edi.
2025-yilgi turnir 14-iyundan 13-iyulgacha AQSHda bo'lib o'tgan va unda 32 ta jamoa ishtirok etgan. Finalda "Chelsi" klubi "Parij Sen-Jermen"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgan edi.

