Siyosat

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQShdan tovon talab qildi

Hozirda Eron va O‘mon Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini vaqtinchalik tiklash bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish evaziga AQShdan tovon puli talab qilmoqda.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chining ma’lum qilishicha, Eron O‘mon bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida kelishuvga yaqin turibdi. Ammo u bu holat kemalar qatnovining tiklanishini anglatmasligini ta’kidladi.

Eron tashqi ishlar vazirining qo‘shimcha qilishicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi boshqa shartlarga, jumladan, AQSh tomonidan tinchlik kelishuvi buzilgani uchun tovon to‘lanishiga ham bog‘liq.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron va O‘mon Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini vaqtinchalik tiklash bo‘yicha tafsilotlarni muhokama qilishda davom etmoqda.

Hozirda ikki davlat tijorat kemalarining Eron suvlari orqali kirib, O‘mon suvlari orqali chiqib ketishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Eron tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, ushbu reja ikki-uch oyga mo‘ljallangan bo‘lib, zarurat tug‘ilsa, yana uzaytirilishi mumkin.

tinchlik kelishuvio‘montovonkemalar qatnoviho‘rmuz bo‘g‘ozieronaqshmuzokaralar