Siyosat

Tramp: Ho‘rmuz orqali yuk tashishga 20 foizlik yig‘im joriy etamiz

AQSh Prezidenti Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan yuklar uchun 20 foizlik yig‘im joriy etilishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu mablag‘ mintaqada xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Trampning bayonotiga ko‘ra, AQSh o‘zini «Ho‘rmuz bo‘g‘ozining qo‘riqchisi» sifatida ko‘radi va Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasini...

Tramp: Ho‘rmuz orqali yuk tashishga 20 foizlik yig‘im joriy etamiz

AQSh Prezidenti Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan yuklar uchun 20 foizlik yig‘im joriy etilishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘ mintaqada xavfsizlikni ta’minlash xarajatlarini qoplashga sarflanadi.

Trampning bayonotida, AQSh o‘zini «Ho‘rmuz bo‘g‘ozining qo‘riqchisi» deb biladi va Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasini qayta tiklash niyatida ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u boshqa davlatlar kemalari bo‘g‘ozdan «ochiq va adolatli shartlar» asosida foydalanishini ta’kidladi.

Bu bayonot Eron bilan AQSh o‘rtasidagi keskinlik yana kuchaygan bir paytda e’lon qilindi. So‘nggi kunlarda ikki tomon bir-birining harbiy obyektlariga zarbalar berishda davom etmoqda. Eron tomoni AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini boshqarishga aralashishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirgan va bu strategik dengiz yo‘li ustidan nazorat mamlakat suveren huquqi ekanini ta’kidlagan.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakillari iyun oyida erishilgan doiraviy kelishuv inqiroz holatiga kelib qolganini ma’lum qildi. Tehron, agar Vashington kelishuv shartlarini bajarmasa, o‘z majburiyatlarini qayta ko‘rib chiqishini bildirgan. Shuningdek, Eron Qatar, Pokiston va Ummon vositachiligida diplomatik muloqotlarni davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi dunyodagi eng muhim energetika yo‘laklaridan biri hisoblanadi. U orqali jahon nefti va suyultirilgan gazining katta qismi tashiladi. Shu sababli, mintaqadagi har qanday keskinlik xalqaro energetika bozorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalardan 20 foizlik yig‘im undirish rejasidan voz kechdi.

Mahmud Ahmadinajod atrofidagi sirli o‘yin: «Mossad bilan hamkorlik».

AQSh ketma-ket Eronni uchinchi kecha o‘qqa tutdi: tafsilotlar.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.

Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda nimani isbotladi?

Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrif buyurdi.

Qo‘shtepa masalasini Afg‘onistonga siyosiy bosim o‘tkazish orqali hal etib bo‘lmaydi – sobiq elchi.

Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!

Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova lavozimini tark etgan – manba.

Eron qaysi davlat rahbarlaridan qasos olmoqchi ekani ochiqlandi.

Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar.

Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Dushanba kuni dollar kursi keskin qimmatlaydi.

Baxtiyor Sheraliyev, biolog-ixtiolog / genetik.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30. Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected]. Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalanish shartlari»

eronaqshxavfsizlikenergetikadengiz blokadasiho‘rmuz bo‘g‘ozidonald trampkeskinlik