Mahalliy

Bugun O‘zbekistonda havo qanchalik qiziydi?

Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda bugun qanday ob-havo kutilmoqda?

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun kunduzi mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi, biroq shimoliy va cho‘l hududlarida ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan birga kuzatilishi mumkin. Havo harorati 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38 daraja issiq atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Tog‘li hududlarda esa ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi. Harorat 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

tog'li hududlar ob-havosiyog'ingarchiliko'zbekiston ob-havosishamolchang-to'zonharoratob-havotoshkent ob-havosi