Bugun o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?
Ayrim hududlarda shamol kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin

Bugun O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi. "O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun kunduzi mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamolning tezligi 7-12 m/s atrofida bo‘ladi, ayrim joylarda esa 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Havo harorati 36-41 daraja issiqni tashkil etadi, janubiy va cho‘l hududlarida esa ba’zi joylarda 42-43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga yaqin esa 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Poytaxtning ayrim joylarida chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Havo harorati 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamolning tezligi 9-14 m/s ni tashkil etadi. Harorat 29-34 daraja issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

