Bugun O‘zbekistonda havo harorati yanada ko‘tariladi
Mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkentda harorat 37–39 daraja bo‘ladi

Bugun O‘zbekistonda havo harorati yanada ko‘tarilishi kutilmoqda. "O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, mamlakat hududida havo kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Sharqdan esayotgan shamolning tezligi sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi. Cho‘l hududlarida esa shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon paydo bo‘lishi mumkin. Havo harorati 36-41 daraja atrofida bo‘ladi, shimoliy, janubiy va cho‘l mintaqalarida esa 42-43 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
Toshkent shahrida ham havo kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esadigan shamolning tezligi 3-8 m/s ni tashkil etadi. Harorat 37-39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida esa havo ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamolning tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati 28-33 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

