Mahalliy

Bugun O‘zbekistonda 42 darajagacha issiq saqlanib qoladi

Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi

O‘zbekistonda bugun havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi, biroq cho‘l hududlarida 13-18 m/s gacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 34-39 daraja atrofida bo‘ladi, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarining ayrim joylarida esa 40-42 darajagacha yetishi prognoz qilinmoqda.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchiliksiz kun bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30 daraja atrofida bo‘ladi.

winddust stormshigh temperaturesuzbekistan weatherno precipitationtashkent weathermountainous regions weathero‘zgidromet forecast