
O‘zbekistonda bugun ham issiq ob-havo hukm suradi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s bo‘ladi, ayrim joylarda esa 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Havo harorati 36-41 daraja atrofida bo‘ladi, janubiy va cho‘l hududlarida esa ba’zi joylarda 42-43 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 9-14 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati 28-33 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
tog‘li hududlarshamolchang-to'zonharoratjaziramao‘zbekistonob-havotoshkent

