Bugun O‘zbekistonda harorat 38 darajagacha ko‘tariladi
Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi

O‘zbekistonda bugun havo harorati 38 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi. Havo harorati 33-38 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida ham yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37 daraja oralig‘ida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Xususan, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu hududlarda shamol tezligi 7-12 m/s bo‘lib, havo harorati 22-27 darajani tashkil etadi.

