Mahalliy

Bugun O‘zbekistonda 38 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

O‘zgidrometning xabar berishicha, bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati 38 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Mamlakatning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutlilik kuzatiladi. Yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Sharqdan esayotgan shamolning tezligi sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi. Kunduzgi harorat 33-38 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat 34-36 daraja oralig‘ida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Respublikaning tog‘li hududlarida esa havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamolning tezligi sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi. Tog‘larda havo harorati 22-27 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

uzbekistantashkenttemperaturewindprecipitationweather forecastmountainous regionshydrometeorology