O‘zbekistonda bugun ham 43 darajagacha issiq saqlanib qoladi
Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda bugun ham havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi, ayrim joylarda esa 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 33-38 daraja atrofida bo‘ladi, janubiy viloyatlarning ayrim joylarida esa 40-43 darajagacha issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 35-37 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30 daraja atrofida bo‘ladi.

