O‘zbekistonda bugun ham 43 darajagacha issiq saqlanib qoladi
Toshkent shahrida havo harorati 37–39 daraja bo‘ladi

O‘zbekistonda bugun ham 43 darajagacha issiq harorat saqlanib qoladi.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo ochiq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi, ayrim joylarda esa 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba'zi hududlarda chang-to‘zon paydo bo‘lishi mumkin. Havo harorati 36-41 daraja atrofida bo‘ladi, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa 42-43 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati 37-39 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati 28-33 daraja atrofida bo‘ladi.

