Mahalliy

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati biroz tushishi kutilmoqda

Farg‘ona vodiysining ayrim joylarisa qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Bugun O‘zbekiston hududida havo harorati biroz pasayishi prognoz qilinmoqda.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil etadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Havo harorati 31-36 daraja, janubning ba’zi joylarida esa 40 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan birga kuzatilishi mumkin. Harorat 33-35 daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

uzbekistantemperaturewindprecipitationdust stormsweather forecastmudslidesmountain areas