Jazirama chekinmoqda: yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti
Bu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Jazirama issiq chekinmoqda: yangi ish haftasi uchun ob-havo prognozi
Yangi boshlangan ish haftasi uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Avgust oyining boshlanishi uchun g‘ayrioddiy issiq bo‘lgan dam olish kunlaridan so‘ng, O‘zbekiston bo‘ylab harorat biroz pasayadi.
Ushbu ish haftasi davomida havo harorati 35-38 darajadan 32-35 darajagacha o‘zgarib turadi. Faqat respublikaning eng janubiy hududlarida bugun kunduzi havo harorati 40-43 daraja, 4-7-avgust kunlari esa 38-40 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Bu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat respublikaning tog‘li hududlarida, shuningdek 4-avgust kuni Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent viloyati, shuningdek Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
3-5-avgust kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 3 va 6-7-avgust kunlari 35-38 daraja, 4-5-avgust kunlari esa 33-35 daraja bo‘ladi. Kechalari havo harorati 20-23 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha, 4-avgust kuni esa 12-15 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

