Mahalliy

Havo harorati qachon pasayishi mumkinligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda avgust oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi.

O‘zbekistonda havo haroratining pasayish muddatlari e’lon qilindi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘ylab issiq ob-havo hukm surishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 38-41 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda esa 42-43 darajagacha ko‘tariladi. Bu iyul oxiri va avgust boshidagi iqlimiy me’yordan 2-4 darajaga yuqoridir.

1-2-avgust kunlari respublikaning aksariyat hududlarida issiq ob-havo saqlanib qoladi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda harorat pasayishi boshlanadi.

Bu kunlarda asosan kam bulutli ob-havo kutilmoqda, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan birga kuzatilishi mumkin.

Keyingi haftada O‘zbekistonning barcha hududlarida haroratning pasayishi kuzatiladi.

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31-iyuldan 2-avgustgacha kunduzi havo harorati asosan 37-40 daraja, kechasi esa 23-26 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

temperature droptemperature forecastheatwavetashkent weatherdust stormsclimate anomalyaugust weatheruzbekistan weather