AQShda qadimiy skelet 50 million dollarga sotildi
AQShning Nyu-York shahridagi Sotheby’s auksionida «Gas» laqabli «Tyrannosaurus rex» skeleti 50 million dollarga sotildi. Bu uning dastlabki 20–30 million dollarlik bahosidan ancha yuqori. Tirannozavr skeletining yoshi taxminan 67 million yil bo‘lib, u 2021-yil Janubiy Dakota shtatida topilgan. Qazish ishlari ikki yil davom etgan.

AQShda qadimiy skelet 50 million dollarga sotildi
Nyu-York shahridagi Sotheby’s auksionida «Gas» nomli «Tyrannosaurus rex» skeleti 50 million dollarga sotildi. Bu uning dastlabki 20–30 million dollarlik bahosidan ancha yuqori.
Tirannozavr skeletining yoshi taxminan 67 million yil bo‘lib, u 2021-yilda Janubiy Dakota shtatida topilgan. Qazish ishlari ikki yil davom etgan.
Ushbu skelet qariyb 4 metr balandlikka ega bo‘lib, 183 ta suyakdan iborat va hozirgacha topilgan eng yirik va eng to‘liq tirannozavr qoldiqlaridan biri hisoblanadi.
Nodir topilmani telefon orqali qatnashgan noma’lum xaridor sotib olgan. Ayrim olimlar bunday eksponatlarning xususiy qo‘llarga o‘tishi ilmiy tadqiqotlar uchun imkoniyatlarni cheklashi mumkinligini ta’kidlamoqda.

