“Maxluqlar ta’tilda” multfilmining beshinchi qismi chiqadi

“Maxluqlar ta’tilda” multfilmining beshinchi qismi taqdim etiladi
Sony va Amazon MGM kompaniyalari “Maxluqlar ta’tilda” animatsion franshizasining beshinchi qismini e’lon qildi. Premyera 2027-yil 8-oktyabrga mo‘ljallangan.
Yangi multfilm “The Haunting of Hotel Transylvania” deb nomlanadi. Bosh qahramonlar, jumladan, Drakula va uning qizi Meybel “Transilvaniya” mehmonxonasining sirlarini ochib, o‘tmishdagi arvohlardan qaysi biri mehmonlarga hujum qilayotganini aniqlashlari kerak bo‘ladi.
“Maxluqlar”ning “Transformaniya” deb nomlangan to‘rtinchi qismi ustida ishlagan Jennifer Kluska va Alan Houkins yangi filmga rejissyorlik qiladi. “Ta’tildagi maxluqlar” ilk bor 2012-yilda namoyish etilgan va shu vaqtdan beri jahon bo‘ylab 1,38 milliard dollar daromad keltirgan. Bosh qahramonlarga Adam Sendler, Selena Gomes va Endi Semberg ovoz bergan.

