«Andijon suv ta’minoti» filial boshlig‘i katta pora bilan ushlandi
U iste’molchi xonadoniga kanalizatsiya tarmog‘i o‘rnatish uchun texnik shart qildirib berishini aytib, 8,5 ming dollar

«Andijon suv ta’minoti» filiali boshlig‘i yirik miqdordagi pora bilan qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida «Andijon suv ta’minoti» AJ Jalaquduq tumani filiali boshlig‘i K.T. hibsga olindi.
Aniqlanishicha, K.T. fuqaro B.A.ga «Tuyalas» MFY hududidagi uyiga kanalizatsiya tarmog‘i o‘rnatish uchun texnik shartnoma tuzib berishni va’da qilgan. Buning evaziga K.T.ning ko‘rsatmasi bilan fuqaro M.Sh. 8 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

