Mahalliy

Andijonda davlat zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ular Marhamat tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 24 sotix yer maydonini fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish uchun 39 ming dollar talab qilishgan.

Andijonda davlat zaxirasidagi yerni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi.

Andijon viloyatining Marhamat tumanida faoliyat yurituvchi bank xizmatlari markazlaridan birining rahbari hamda "Norin-Qoradaryo" irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mashinisti o‘zaro kelishib, bir fuqaroning ishonchiga kirgan.

Ular Marhamat tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 24 sotix yer maydonini turar-joy toifasiga oid hujjatlari borligini da'vo qilib, o‘zlarining mansabdor tanishlari orqali kelajakda ushbu fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 39 ming AQSh dollari so‘rashgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlarining hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mashinist oldindan 25 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

land salelaw enforcementinvestigationbriberycorruptionfraudandijanarrest