Mahalliy

“Sirdaryo suv ta’minoti” filiali boshlig‘i ushlandi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ tuman filiali boshlig‘i va filial xodimi ichimlik suvidan qarzdorlikni pul evaziga o‘chirib berishni va’da qilgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan pora olish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Sirdaryo suv ta’minoti” filiali boshlig‘i qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida “Sirdaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatining Boyovut tumani filiali boshlig‘i U.U. va filialning avariya-ta’mirlash xizmati bo‘linmasi brigadiri A.P. hibsga olindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular o‘zaro kelishib, fuqaro D.O.ga tegishli, avval sotilgan xonadonning ichimlik suvi uchun 3,5 million so‘mlik qarzdorlikni 1,8 million so‘m evaziga bartaraf etishni va’da qilganlar.

Tezkor tadbir davomida filial boshlig‘i o‘z xizmat xonasida kelishilgan 1,8 million so‘mni olayotgan vaqtda gumonlanuvchilar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, brigadir A.P. ilgari sudlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

uzbekistancorruptionlaw enforcementarrestembezzlementcriminal casebriberysirdaryo suv ta’minoti