96 mingdan ortiq fuqaro shubhali xaridorlar reyestriga kiritildi.
Soliq qo‘mitasi iyun oyi uchun 5,5 mln nafardan ortiq iste’molchilarga 112,8 mlrd so‘m keshbek summasi to‘lovga tasdiqlanganini ma’lum qildi.

96 mingdan ziyod fuqaro shubhali xaridorlar ro‘yxatiga kiritildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq hisobotlari taqdim etilishi, hisobotlardagi kamchiliklar bartaraf etilishi hamda soliq qarzdorligi to‘lanishi inobatga olinib, qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlanadi.
Iste’molchilar bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravaridan (24 720 000 so‘m) oshmagan xaridlar uchun 1% keshbek (247 200 so‘m) olish imkoniyatiga ega.
Qayd etilishicha, keshbek quyidagi holatlarda hisoblanmaydi:
Soliq qo‘mitasi iyun oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir to‘lov evaziga uchinchi shaxslardan soxta xarid cheklari olib, aslida kirim qilinmagan yoki sotib olinmagan mahsulot va tovarlarning xarid cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazgan 96 mingdan ortiq fuqaroni shubhali xaridorlar reyestriga kiritgan.
Qo‘mita ayrim fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan xarid summasidan qaytariladigan keshbek tizimini noto‘g‘ri talqin qilib, bilgan yoki bilmagan holda o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish holatlari kuzatilayotganini ma’lum qildi. Bu harakatlar qonunga xilof ekanligi va oxir-oqibat javobgarlikka tortilish xavfini keltirib chiqarishi ta’kidlandi.

