10-avgust kuni avtomobildan foydalangan davlat xizmatchilari javobgarlikka tortiladi
“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

10-avgust kuni avtomobildan foydalangan davlat xizmatchilari javobgarlikka tortiladi.
Ertaga, 10-avgust kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.
“Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari Prezidentning 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, har oyning 10 va 25-sanalarida o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur tashabbus avtotransport vositalaridan havoga chiqadigan zararli tashlamalarni kamaytirish va bu orqali ekologik barqaror muhitni shakllantirish, shuningdek, jamoat transporti va ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

