1-avgustdan O‘zbekistonda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Sanoat xavfsizligi qoidalarini buzganlik haqida xabar berganlik uchun jarima summasining 20 foizi to‘lanadi.

1-avgustdan O‘zbekistonda kutilayotgan o‘zgarishlar: 2026-yil 1-avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy yangiliklar sharhi e’lon qilindi.
* Suyultirilgan gazni birja savdosi orqali sotishning yangi tartiblari joriy etilmoqda.
* Toshkent shahri va viloyatning ayrim tumanlarida issiqxonalar uchun gaz ta’minotiga cheklovlar qo‘yiladi.
* Biznes subyektlarining barcha tekshiruvlari faqat QR-kod orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda amalga oshiriladi.
* "Aqlli" bog‘lar uchun soliq imtiyozlari taqdim etiladi.
* Avtomobillarni jarima maydonchasidan QR-kod yordamida qaytarib olish imkoniyati yaratiladi.
* Baliqchilik xo‘jaliklari uchun yangi imtiyoz va preferensiyalar joriy etilmoqda.
* Soliq xizmati xodimlarini mijozlarga yo‘naltirilganlik darajasiga qarab baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
* Karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan o‘tkazishda avtomatlashtirilgan tanlab olish mexanizmi qo‘llaniladi.
* Tuman fermerlar kengashlari huzuridagi Hisob va hisobot markazlari yosh fermerlarning buxgalteriya hisobini 2 yil davomida bepul yuritadi.
* Sanoat xavfsizligi qoidalarini buzganlik haqida xabar bergan shaxslarga jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.
* Arxivlar faoliyati raqamlashtirilmoqda.
* Eski avtomobillarni topshirish uchun kompensatsiya to‘lanadi.
* Qarz va omborda saqlash shartnomalarini soliq organlarida hisobga olish majburiy bo‘ladi.
* Kamyob hayvonlarni ovlashga vaqtinchalik moratoriy joriy etilmoqda.

