Özbekiston elçilari xorijdagi mehnat migrantlari huquqlarini himoya qiladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev elçilarga xorijda işlayotgan özbekistonliklarning huquqlarini himoya qiliş va muammolarini hal etişda şaxsan yordam berişni topşirdi.

O‘zbekiston elchilari xorijdagi mehnat migrantlari huquqlarini himoya qiladi
O‘zbekiston elchilari xorijda ishlayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va ular duch kelayotgan muammolarni bartaraf etishda yordam berish bilan bevosita shug‘ullanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 noyabr kuni mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda tegishli vazifalarni belgilab berdi.
Yordam so‘rash mexanizmlaridan biri «Onlayn mahalla» platformasi bo‘ladi. Xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshlar ushbu tizim orqali o‘z muammolari haqida xabar berishlari mumkin. Zarur hollarda O‘zbekistonning ular bo‘lib turgan mamlakatdagi elchisi muammoni hal etish jarayoniga shaxsan qo‘shiladi.
Prezident xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi bo‘lib qolishi kerakligini ta’kidladi.
«Xorijda ishlayotgan barcha vatandoshlarimiz — oilasini boqish, farzandlarining kelajagini ta’minlash uchun tinmay mehnat qilayotgan haqiqiy jasur insonlar», — dedi Mirziyoyev.
Hokimlar zimmasiga ham mehnat migrantlarining oilalari va ota-onalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning farzandlariga sifatli ta’lim olish uchun sharoit yaratish mas’uliyati yuklatiladi. Ular diplomatlar bilan birgalikda fuqarolarning xorijda ishga joylashishiga ko‘maklashish va yangi sharoitlarga moslashishi bilan shug‘ullanadi.
«Xorijda ishlayotgan birorta ham vatandoshimiz o‘z muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak», — dedi davlat rahbari.
Yig‘ilishda 30 noyabrdan 5 dekabrga qadar Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Yangi O‘zbekiston — global imkoniyatlar chorrahasi» forumiga tayyorgarlik masalasi ham muhokama qilindi. Unda 52 ta davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Mirziyoyev tadbirdan yangi eksport yo‘nalishlarini ochish hamda Yevropa va Yaqin Sharqdagi ish beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatish uchun foydalanishni topshirdi.
Har bir elchi zimmasiga forumda ishtirok etish uchun 50–100 ta yirik rekruting agentligi va import qiluvchi kompaniyalar vakillarini jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

