Özbekiston BMT boş kotibligiga BAA vakilining nomzodi körsatilişini qöllab-quvvatlaydi
Amaldagi boş kotib Antoniu Guterrişning vakolatlari 2026-yil oxirida tugaydi. BMTning yangi rahbari 2027-yil 1-yanvardan öz vazifasini bajarişga kirişişi kerak.

O‘zbekiston BMT bosh kotibligiga BAA vakilining nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi
O‘zbekiston BAAning davlat vaziri, BMTdagi sobiq doimiy vakili Lana Zaki Nuseybaning nomzodini Bosh kotib lavozimiga ko‘rsatish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi bosh kotibini tayinlash jarayoni global chaqiriqlar kuchayib borayotgan sharoitda BMT nufuzini mustahkamlash va uning faoliyati samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
“Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Arab Amirliklarining davlat vaziri, BMT huzuridagi sobiq doimiy vakili Lana Zaki Nusaybani Tashkilot Bosh kotibi lavozimiga nomzod sifatida ilgari surish to‘g‘risidagi qarorini olqishlaydi.
BMTning yangi Bosh kotibi yuksak kasbiy mahorat, boy diplomatik tajriba va xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikni saqlash, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida a’zo davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim, deb hisoblaymiz”, – deyiladi bayonotda.
Amaldagi bosh kotib Antoniu Guterrishning vakolatlari 2026-yil oxirida tugaydi. BMTning yangi rahbari 2027-yil 1-yanvardan o‘z vazifasini bajarishga kirishishi kerak.
Bosh kotib besh yil muddatga saylanadi va yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. BMT Nizomiga muvofiq, uni Xavfsizlik Kengashi tavsiyasi asosida Bosh Assambleya tayinlaydi.
Avvalroq BMT Xavfsizlik Kengashi yangi bosh kotib nomzodi bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani aytilgandi.

