Dunyo

Saida Mirziyoyeva BMTda nutq soʻzlaydi

BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasi ochilarkan, Oʻzbekistondan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oliy minbardan nutq soʻzlaydi. 21-sentabr kuni u Nyu Yorkda tashkilot bosh kotibi bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Kun.uzʼning AQShdagi muxbiri.

Saida Mirziyoyeva BMT minbarida nutq soʻzlaydi

BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi 8-sentabrdan boshlangan bo‘lib, 29-sentabrgacha davom etadi. Oliy haftada esa odatdagidek aʼzo davlatlardan prezidentlar, bosh vazirlar, tashqi ishlar vazirlari hamda hukumat rahbarlari ishtirok etadi. Oʻzbekiston nomidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning oliy minbaridan nutq qiladi.

21-sentabr kuni BMT bosh kotibi ko‘plab delegatlar qatorida Saida Mirziyoyeva bilan ham uchrashib, suhbatlashdi.

«Oʻzbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha hamkorlik yoʻnalishlarini gaplashdik», deydi Saida Mirziyoyeva oʻzining shaxsiy sahifalarida.

Shuningdek, u xavfsizlikning barcha asosiy yoʻnalishlarida Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlab kelayotgani uchun Guterrishga minnatdorlik bildirdi.

Mirziyoyevaning nutqi AQSH vaqti bilan 23-sentabrga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. U Nyu Yorkda bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.