Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Qatar amiri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Qatar amiri bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Saida Mirziyoyeva amirga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Xabarda qayd etilishicha, Oʻzbekiston va Qatarni yildan-yilga sezilarli darajada mustahkamlanib borayotgan iliq va ishonchli munosabatlar bogʻlab turadi.
«Istiqboldagi hamkorlik va yangi qoʻshma tashabbuslarni muhokama qildik. Mamlakatlarimizning umumiy manfaatlari va yangi loyihalar uchun yaxshi imkoniyatlari koʻp»,

