«Çinor» metro bekatida liftlar işga tuşirildi
«Çinor» metro bekatida yölovçilar uçun 4 ta yuqori siğimli zamonaviy lift foydalanişga topşirildi. Yangi liftlar bir vaqtning özida jami 60 nafargaça yölovçiga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega.

«Çinor» metro bekatida liftlar ishga tushirildi
Metropoliten maʼlumotiga ko‘ra, liftlar yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida o‘rnatilgan. Ular zamonaviy aloqa vositalari va videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan.
Yangi liftlarning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun maxsus press-tur tashkil etildi.
Kelgusida ushbu tajribani boshqa yer usti metro bekatlarida ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda.

