“Chinor” metro bekatida katta sig‘imli 4 ta lift ishga tushirildi
Toshkent metropolitenining 'Chinor' bekatida bir vaqtning o‘zida 60 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘lgan 4 ta zamonaviy lift o‘rnatildi. Kelajakda ushbu tajribani boshqa yer usti metro bekatlarida ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.

“Chinor” metro bekatida katta sig‘imli 4 ta lift ishga tushirildi
“Chinor” metro bekatida yo‘lovchilar uchun bir vaqtning o‘zida 60 nafargacha kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan 4 ta zamonaviy lift qurilmasi o‘rnatildi.
Yangi o‘rnatilgan katta sig‘imli liftlar aloqa vositalari hamda videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan.
Metropoliten ma’muriyati ta’kidlashicha, “Chinor” bekatidagi ushbu tajriba asosida kelgusida boshqa yer usti metro bekatlarida ham shu kabi lift qurilmalari bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.

