Mahalliy

«Choshtepa» bekatida poyezddan metroga o‘tish osonlashdi

23-oktabrdan ishga tushgan «Choshtepa» temir yo‘l bekati yo‘lovchilarga shaharlararo elektropoyezddan metroga qulay o‘tish imkonini beradi

«Choshtepa» bekatida poyezddan metroga o‘tish yanada qulaylashdi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida metro bilan integratsiyalashgan «Choshtepa» temir yo‘l bekati 2026-yil 23-oktabrdan foydalanishga topshirildi.

Endilikda yo‘lovchilar shaharlararo elektropoyezddan tushib, metroga bemalol o‘tishlari mumkin.

Yangi bekat poyezd va metro o‘rtasidagi transport almashinuvini yengillashtiradi. Bu esa yo‘lovchilarga manzilga yetib borishda vaqtni tejash, safarlarni qulayroq rejalashtirish va shahar transportidan samarali foydalanish imkonini beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.