Ziroat Mirziyoyeva Seulda madaniy dasturda ishtirok etdi
Oʻzbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Seulda Koreya va Qirgʻiziston Birinchi xonimlari bilan birgalikda madaniy dasturda ishtirok etdi.

Ziroat Mirziyoyeva Seulda madaniy dasturda qatnashdi
«Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» formatidagi birinchi sammit doirasida Oʻzbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva 16-sentabr kuni Koreya Respublikasi Birinchi xonimi Kim Xe Gyon va Qirgʻiziston Birinchi xonimi Aygul Japarova bilan birga «Chong Va De» qarorgohida tashkil etilgan madaniy dasturda ishtirok etdi.
Dastur boshida Birinchi xonimlar anʼanaviy choy marosimi chogʻida madaniy muloqotning ahamiyati, milliy anʼanalarni asrab-avaylash hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Keyin yuqori martabali mehmonlar uchun Koreyaning boy madaniy merosini tanishtiruvchi konsert dasturi namoyish etildi. Unda anʼanaviy koreys raqslari va musiqiy asarlar oʻrin oldi.

