Dunyo

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Muzey ekspozitsiyasi orqali besh asrdan ortiq vaqt davomida Koreya siyosiy va madaniy hayotida alohida o‘rin

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida mamlakatimiz Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi Birinchi xonimi Kim Xe Gyon hamrohligida Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi.

Muzey ekspozitsiyasi orqali besh asrdan ortiq vaqt davomida Koreya siyosiy va madaniy hayotida alohida o‘rin tutib kelgan Choson qirollik sulolasining ko‘p asrlik tarixi va boy madaniy merosi bilan tanishish mumkin.

O‘zbekiston Birinchi xonimiga sulola vakillarining qadimiy qo‘lyozmalari va she’riy asarlari, an’anaviy liboslar hamda o‘sha davrning turmush tarzi, an’analari va badiiy merosini aks ettiruvchi saroy madaniyatiga oid boshqa eksponatlar namoyish etildi.

Muzey ekspozitsiyasi bilan tanishgandan so‘ng, Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdilar.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va Koreya xalqlarini ko‘p yillik do‘stlik, o‘zaro hurmat va madaniy mushtaraklikka asoslangan uzviy rishtalar bog‘lab turishi ta’kidlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.