Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi Bolalar farovonligi boʻyicha Butunjahon sammitida nutq soʻzlaydi
21 oktyabr kuni Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli rivojlanishi tomon yoʻl» Butunjahon sammitida nutq soʻzlaydi. Ikki kunlik tadbir Samarqandda boʻlib oʻtadi va 100 dan ortiq davlat vakillarini birlashtiradi. Ziroat Mirziyoyeva sammitda «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi sifatida ishtirok etadi. Muhokamalarda BMT, Jahon […] vakillari ishtirok etadilar.

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi Bolalar farovonligi boʻyicha butundunyo sammitida soʻzga chiqadi
21 oktyabr kuni Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli rivojlanishiga erishish yoʻli» Butundunyo sammitida soʻzga chiqadi. Ikki kunga moʻljallangan forum Samarqandda boʻlib oʻtadi va 100 dan ortiq davlat vakillarini birlashtiradi.
Ziroat Mirziyoyeva sammitda «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi sifatida ishtirok etadi.
Muhokamalarda BMT, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Bolalar onkologlari xalqaro jamiyati, Yevropa onkologiya maktabi va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Bundan tashqari, turli mamlakatlar sogʻliqni saqlash organlari rahbarlari, olimlar, mutaxassislar va jamoat arboblari kelishi kutilmoqda.
Ishtirokchilar bolalar salomatligi, taʼlimi, ijtimoiy himoyasi va xavfsizligiga investitsiyalarni koʻpaytirish masalalarini muhokama qiladilar.

