O‘zbekiston birinchi xonimi SHHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

O‘zbekistonning birinchi xonimi SHHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda qatnashdi.
O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya va Xitoyning birinchi xonimlari bilan birga Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.
Tadbir davomida birinchi xonimlar qirg‘iz xalq amaliy bezak san’ati ustalarining ijodiy ishlaridan iborat ko‘rgazma bilan tanishdilar.
Shuningdek, “Salbuurun” milliy federatsiyasi vakillari mehmonlarga qirg‘iz tayganlari va qo‘lga o‘rgatilgan burgutlarni namoyish etib, qadimiy ovchilik an’analari haqida ma’lumot berdilar.
Dastur yakunida “Enesay” qabul uyida oliy martabali mehmonlar uchun Qirg‘iziston bolalar musiqa va raqs jamoalarining konsert dasturi namoyish etildi.
Avvalroq, 31-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etgani xabar qilingan edi.

