Dunyo

Ziroat Mirziyoyeva olgan JSST mukofoti avval kimlarga berilgan?

Özbekiston birinçi xonimi, «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktorining 2026-yilgi mukofoti bilan taqdirlandi. Uşbu mukofotni avval Nobel sovrindorlari Katalin Kariko va Dryu Vaysman, Barbados boş vaziri Mia Mottli hamda taniqli olimlar Piter Piot va Pol Farmer ham olgan.

Ziroat Mirziyoyeva olgan JSST mukofoti ilgari kimlarga topshirilgan?

Ziroat Mirziyoyeva onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirishdagi yetakchiligi va har bir bolaning sog‘lom hayot kechirish huquqini global miqyosda ilgari surgani uchun taqdirlangan.

JSST bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi mukofoti 2019-yilda Tedros Adhanom Gebreyesus tomonidan ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilishda alohida yetakchilik ko‘rsatgan va aniq natijalarga erishgan shaxslarga beriladi. Laureatlarni tashkilot bosh direktori shaxsan tanlaydi.

Mukofot har yili cheklangan sondagi laureatlarga topshiriladi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda uch nafar, 2025-yilda esa ikki nafar shaxs ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgan.

2024-yilgi laureatlardan biri Barbados bosh vaziri Mia Mottli bo‘lgan. U iqlim o‘zgarishi va uning inson salomatligiga ta’siri masalalaridagi yetakchiligi, shuningdek, mikroblarning dori vositalariga chidamliligiga qarshi kurash bo‘yicha Global yetakchilar guruhi raisi sifatidagi faoliyati uchun taqdirlangan.

O‘sha yili Katalin Kariko va Dryu Vaysman ham mukofot olgan. Ularning ilmiy tadqiqotlari COVID-19ga qarshi mRNK vaksinalarini yaratishga yo‘l ochgan. Olimlar ushbu texnologiyani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun e’tirof etilgan. Kariko va Vaysman 2023-yilda fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.

2023-yilda mukofotlangan Piter Piot global sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘p yillik faoliyati bilan tanilgan. U Ebola virusining ilk bor aniqlanishi va dastlabki epidemiyani jilovlash ishlarida ishtirok etgan. Keyinchalik OIV/OITSga qarshi xalqaro kurashda yetakchi vazifalarni bajargan.

Garvard professori Pol Farmer esa 2022-yilda vafotidan so‘ng taqdirlangan. U dunyoning kam ta’minlangan aholi qatlamlariga sifatli tibbiy yordam yetkazish, sog‘liqni saqlashda tenglik va inson huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi faoliyati uchun e’tirof etilgan.

Farmer Garvard tibbiyot maktabining Global salomatlik va ijtimoiy tibbiyot departamentiga rahbarlik qilgan, shuningdek, kam ta’minlangan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi Partners In Health xalqaro tashkiloti hammuassisi bo‘lgan.

Ziroat Mirziyoyevani taqdirlash chog‘ida Tedros Adhanom Gebreyesus uning bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar manfaatlarini himoya qilishdagi faoliyatiga urg‘u bergan.

«Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalar manfaatlari yo‘lida chinakam kurashchi, har bir bolaning ta’lim olish va sog‘lom hayot kechirish huquqining himoyachisisiz», - degan JSST bosh direktori.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.