Mahalliy

Ziroat Mirziyoyeva ogʻir xastalikka chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Global tarmoq raisi boʻldi

Oʻzbekiston birinchi xonimi saratonni oʻz ichiga olgan ogʻir va hayotga xavf soluvchi kasalliklarga chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Global tarmoq raisi etib ikki yil muddatga saylandi. Tarmoq tashkil etilgani haqida Samarqandda oʻtkazilgan Bolalar farovonligi boʻyicha butunjahon sammitida eʼlon qilindi.

Ziroat Mirziyoyeva ogʻir xastalikka chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli rivojlanishi tomon yoʻl» nomli Butunjahon sammiti boshlandi. Forumda turli mamlakatlarning birinchi xonimlari, shuningdek, BMT, YUNISEF, Jahon banki, JSST va boshqa xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali vakillari ishtirok etmoqda.

Ogʻir xastaliklarga chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Global tarmoq tashkil etilgani haqida «St. Jude» bolalar tadqiqot shifoxonasi (AQSh) vitse-prezidenti Karlos Rodriges-Galindo maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Global tarmoq ogʻir va hayot uchun xavfli xastaliklarga, jumladan onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash manfaatlari yoʻlida xalqaro hamkorlik va tajriba almashish uchun birinchi xonimlar va davlat rahbarlarining turmush oʻrtoqlarini birlashtiradi.

Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga Global tarmoq raisi etib saylandi. Lavozimga kirishish marosimi Bolalar onkologiyasi boʻyicha Xalqaro kongress doirasida boʻlib oʻtdi.

Bu qaror Oʻzbekistonning bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantirishdagi yutuqlari, shuningdek, Ziroat Mirziyoyevaning onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy yordamdan foydalanishini taʼminlash hamda hayot sharoitlaridan qatʼi nazar, har bir bolaning oʻsishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishdagi faol va yetakchi roli eʼtirof etilganining ifodasi boʻlgani taʼkidlanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.