Zero Waste Fashion: oʻzbek anʼanalaridan ekologik modagacha
15 oktyabrda Toshkentdagi «Human House» art-galereyasida barqaror moda «Zero Waste Fashion Festival» festivali boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirning maqsadi anglangan va ekologik isteʼmolni, shuningdek, dizaynerlik va hunarmandchilik sohasida chiqindisiz ishlab chiqarishni («zero waste») ommalashtirishdan iborat edi. Festival doirasida yosh hunarmandlar va dizaynerlar tomonidan «zero waste» tamoyili boʻyicha yaratilgan buyumlar va kiyim-kechak kollektsiyalari taqdim etildi. […]

Zero Waste Fashion: oʻzbek anʼanalaridan ekologik modagacha
15 oktyabr kuni Toshkentdagi «Human House» art-galereyasida «Zero Waste Fashion Festival» barqaror moda festivali boʻlib oʻtdi. Uning vazifasi dizaynerlik va hunarmandchilik ishida anglangan hamda ekologik isteʼmolni, shuningdek chiqindisiz ishlab chiqarishni («zero waste») ommalashtirishdan iborat edi.
Festival doirasida yosh hunarmandlar va dizaynerlar tomonidan «zero waste» tamoyili boʻyicha yaratilgan kiyim-kechak buyumlari va kollektsiyalari namoyish etildi. Eksponatlar orasida tashlab yuborilgan mebel va eski metall detallardan yasalgan buyumlar, qayta ishlangan djinsilardan tikilgan kostyumlar, koʻp marta ishlatiladigan tagliklar va chiqindisiz ishlab chiqarish hamda ekologik isteʼmolga qaratilgan boshqa ishlar bor edi.
«Human House» galereyasi egasi va art-direktori Lola Sayfining soʻzlariga koʻra, bunday festival gʻoyasi unda ancha oldin, zamonaviy yoshlar ekologiyaga qanchalik eʼtiborli ekanini payqaganida paydo boʻlgan.
— Hammamiz kelajakda qanday yashashimiz, ekologiya haqida oʻylaymiz. Va men aynan yoshlar bu haqda tobora koʻproq oʻylayotganini payqadim, — tushuntiradi u. — Biz qandaydir buyumlarni qayta ishlaydigan, chiqindilarni saralaydigan, daraxtlar ekilishiga kuyunadigan juda koʻp yoshlarni uchratamiz. Yoki, masalan, Oʻzbekistonda yoshlar kiyimlarni tashlab yubormaslik uchun ularni oʻzaro almashadigan «Telegram»-kanallar bor.
Festivalda abrli matolardan tikilgan kiyimlar koʻrgazmasi va namoyishiga alohida urgʻu berildi. Lola Sayfining soʻzlariga koʻra, bu matolar oʻzbek xalqining katta boyligi va qadriyatidir. Uning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda abrli matolar bozorida deyarli toʻliq Xitoy ishlab chiqaruvchilari hukmronlik qilmoqda, shuning uchun bunday matolardan kiyim tayyorlash anʼanalarini saqlab qalish va ularni zamonaviy dizaynerlik kontekstida rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. «Ular murakkab, noqulay, tor, baʼzan rangi chiqadi va kirishadi — shunga qaramay, biz ular bilan ishlashimiz va ulardan kiyish mumkin boʻlgan, yuvishdan qoʻrqmaydigan, ichida jozibali koʻrinish mumkin boʻlgan ajoyib, didli, zamonaviy buyumlarni yaratishimiz mumkin», — deydi Sayfi.
2024 yildan beri Oʻzbekistonda «Hunarmand» milliy hunarmandlar uyushmasi tomonidan Yevropa Ittifoqi va Shveytsariyaning «ALIPH Foundation» jamgʻarmasi qoʻllab-quvvatlovida tashkil etilgan hamda abrli matolar ishlab chiqarish anʼanalarini saqlash va rivojlantirishga qaratilgan yirik «Ikat Connection» xalqaro loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida keng koʻlamli ilmiy tadqiqotlar oʻtkazildi va turli tillarda koʻplab nashrlar tayyorlandi. «Ikat Connection»ning yoʻnalishlaridan biri «Human House» mutaxassislari bilan birgalikda tayyorlangan «Zero Waste Design Lab» treninglari boʻldi.
Ushbu treninglar davomida orasida professionallar, yangi boshlovchilar va hatto talabalar ham boʻlgan yosh dizaynerlar abrli matolar bilan toʻgʻri ishlashni va ular asosida zamonaviy hamda original kostyumlar yaratishni oʻrgandilar. Treninglar yakunlari boʻyicha barcha ishtirokchilar anʼanaviy yondashuvlar, zamonaviy gʻoyalar va chiqindisiz ishlab chiqarish tamoyillari mujassamlashgan oʻz kiyim kollektsiyalarini taqdim etdilar.
Lola Sayfining tan olishicha, treningni tayyorlash jarayonida u oʻzi uchun kutilmagan kashfiyot qilgan.
— Men bu mavzuni oʻrgana boshladim va maʼlum boʻlishicha, bizning momolarimiz va katta momolarimiz anʼanaviy choponlarni aynan «zero waste» uslubida bichgan ekanlar, — deydi u. — Va bu yerda doira tugallandi. Butun dunyoda hozirda shunday trendda boʻlgan, juda ommalashgan harakatni momolarimiz allaqachon oʻylab topgani va qilgani maʼlum boʻldi. Va bu juda soz.
Lola Sayfi va uning hamkasblari «Zero Waste Fashion Festival» natijalaridan va yoshlarning uni tayyorlashdagi yuqori ishtirokidan mamnun boʻlishdi. Kelasi yili festivalni yana — endilikda ancha keng koʻlamda oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

