Zarbdorda boğça mudirasi öldirildi. Qotillikda uning eri gumonlanmoqda
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida ayol oilaviy nizo ortidan öldirildi. Prokuraturaning Kun.uz'ga maʼlum qilişiça, gumonlanuvçi sifatida uning eri qölga olingan. Er voqeadan keyin 102 raqamiga qönğiroq qilib hodisa haqida özi xabar bergan. Marhuma boğça mudirasi bölgan.

Zarbdorda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi. Qotillikda uning eri gumon qilinmoqda
Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida yashagan F. ismli ayol qotillik qurboni bo‘ldi. Uning ikki nafar farzandi bor edi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 2026-yil 29-oktabr kuni Zarbdor tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Prokuratura gumonlanuvchi marhumaning turmush o‘rtog‘i ekanini tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, u voqeadan keyin 102 raqamiga o‘zi qo‘ng‘iroq qilib, hodisa haqida xabar bergan.
Gumonlanuvchi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

