Mahalliy

Sirdaryoda erining qonuniy xotini va qizini pichoqlab o‘ldirgan ayolga 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryoda sha’riy erining qonuniy xotini va 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgan, yana bir qizini jarohatlagan 29 yoshli ayolga sud hukmi o‘qildi. Janjal sabab ushbu jinoyatni sodir etgan ayol 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 'Asabda edim, ko‘zimni yumib nima qilganimni bilmayman', — dedi u.

Sirdaryoda erining qonuniy xotini va qizini pichoqlab o‘ldirgan ayol 13 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida ona va uning bir qizini pichoqlab o‘ldirgan, yana birini jarohatlagan ayolga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.

Hodisa shu yilning aprel oyida yuz bergan. Amir Temur mahallasida yashovchi 29 yoshli ayol janjal oqibatida sha’riy turmush o‘rtog‘ining qonuniy rafiqasi hamda uning ikki nafar voyaga yetmagan qiziga pichoq bilan og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.

Natijada ayol va uning 5 yoshli qizi vafot etgan, 3 yoshli qiz esa shifoxonaga yotqizilgan. Marhumaning yaqinlari ayolning yana 8 yoshli o‘g‘li va 20 kunlik chaqalog‘i qolganini aytgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi raisi Alisher Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi nizo farzand ko‘rish masalasi sabab yuzaga kelgan. Olti yildan buyon erkak bilan sha’riy nikohda yashab kelgan ayol erining qonuniy oilasida muntazam farzand tug‘ilayotgani, o‘ziga esa farzandli bo‘lishga ruxsat berilmagani uchun doimiy ravishda janjallashib kelgan.

“Asabda edim, ko‘zimni yumib nima qilganimni bilmayman”, — dedi sud majlisida ayblanuvchi.

Sud hukmiga ko‘ra, ayol Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) va 97-moddasi 2-qismi (Og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish) tegishli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Sud tomonidan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanib, 59-moddasi (Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish orqali ayolga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.