Mahalliy

Zanjir Saroydagi keng koʻlamli qazishmalar: arxeologlar Amir Temur qarorgohining sirlarini ochmoqda

Zanjir Saroyda keng koʻlamli qazishmalar: arxeologlar Amir Temur qarorgohi sirlarini ochmoqdalar

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida XIV asrga oid noyob yodgorlik — Zanjir Saroy saroy majmuasida ilmiy-arxeologik tadqiqotlar davom etmoqda. Ishlar Madaniy meros agentligining Janubiy Soʻgʻd arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan Ya. Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Loyiha Madaniy meros agentligi tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyati bilan bogʻliq yodgorliklarni oʻrganish boʻyicha maxsus dastur doirasida moliyalashtirilmoqda.

Arxeologlarning asosiy vazifasi — saroyning saqlanib qolgan meʼmoriy elementlarini aniqlash, uning qurilish xususiyatlarini belgilash va madaniy qatlamlarini batafsil tadqiq etishdan iborat. Joriy ishlar davomida mutaxassislar meʼmoriy qoldiqlarni qayd etmoqdalar va majmuaning tarixiy ahamiyatini baholash imkonini beruvchi qimmatli arxeologik materiallarni topmoqdalar.

Zanjir Saroy XIV asrda Chigʻatoy ulusi davrida qurilgan va keyinchalik Amir Temur tasarrufiga oʻtgan eng yirik qarorgohlardan biri boʻlgan. Tarixiy manbalarga koʻra, majmua maydoni 16 gektardan oshgan.

Davom etayotgan tadqiqotlar olimlarga saroyning aniq meʼmoriy qiyofasini tiklash va mintaqa tarixining ilgari nomaʼlum boʻlgan sahifalarini ochish imkonini beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.