Mahalliy

Surxondaryoda qadimiy qabriston va arxeologik ashyolar topildi

Surxondaryoda qadimiy qabriston va arxeologik ashyolar aniqlandi

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan Ozod yodgorligida arxeologik qazuv-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.

Tadqiqotlar Y.G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti hamda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti Ipak yo‘li arxeologiyasi tadqiqot markazi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Qazish ishlari joriy yilning 15-avgustida boshlangan.

Ozod yodgorligi 2023-yilda Surxondaryo havzasining sharqiy qismida o‘tkazilgan dala-qidiruv ishlari chog‘ida aniqlangan. U Ozod qishlog‘ining janubi-sharqida, Dalvarzintepa yodgorligidan qariyb 6 kilometr janubi-sharqda joylashgan.

Maydoni taxminan 200 ga 100 metr bo‘lgan yodgorlik hududida 100 ga yaqin qabr topilgan. Joriy yilda uning janubi-g‘arbiy qismidagi 10 dan ortiq qabrda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, qabrlarning tuzilishi va ulardan aniqlangan arxeologik ashyolar Sopolli madaniyati yodgorliklariga xos belgilarni ko‘rsatmoqda.

Radiokarbon tahlillari hamda topilmalarning qiyosiy-tipologik o‘rganilishi asosida yodgorlik miloddan avvalgi 1700–1500-yillarga oid deb baholanmoqda.

Ozod yodgorligi Surxondaryo havzasida aniqlangan eng qadimgi qabristonlardan biri sanaladi. U mintaqadagi qadimgi dafn an’analari shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Hozirda yodgorlikda arxeologik dala-qazuv tadqiqotlari davom etmoqda.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Boburtepa arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida qadimiy bino qoldiqlari va uning g‘arbiy devorida ishlangan noyob devoriy surat topilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.