Mahalliy

Zafarobod tuman hokimi YTHga uchradi - manba

Yoʻl-transport hodisasi hokim Gʻayratjon Eshpoʻlatovga biriktirilgan xizmat avtomobilida yuz bergani, rulda uning voyaga yetmagan oʻgʻli boʻlgani aytilmoqda. Ota-bola jiddiy jarohatlar olib Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Jizzax shahridagi filialiga olib kelingan.

Zafarobod tumani hokimi YTHga uchradi – manba

Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpoʻlatov 30-avgust kuni oʻziga biriktirilgan KIA Seltos rusumli xizmat avtomobilida yoʻl-transport hodisasiga uchragani xabar qilinmoqda. Kun.uz'ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi maʼlumotiga koʻra, avtomobil katta yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan. Shuningdek, avtomobil rulida hokimning maktabda oʻqiydigan oʻgʻli boʻlgani aytilmoqda.

Manbaning xabar berishicha, tan jarohatlari olgan ota-bola dastlab Zafarobod tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Biroq, ularning ahvoli ogʻir boʻlganligi sababli, tez yordam mashinasida Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Jizzax shahridagi filialiga olib ketilgan.

Maʼlumot uchun, Gʻayratjon Eshpoʻlatov 2024-yil 5-martidan buyon Zafarobod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Bungacha u Paxtakor tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.